Uzun sochli amerikalik ayol Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
U 40 yildan beri sochini o‘stiradi.

Amerikalik ayol dunyodagi eng uzun soch egasi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. Oltmish yoshli Asha Mandelaning sochi 33,5 metrni tashkil etadi. U 2009 yilda ham 15,6 metr sochlari bilan rekord o‘rnatgan.
Mandela 40 yil oldin Qo‘shma Shtatlarga ko‘chib o‘tgandan so‘ng sochini o‘stira boshlagan.U sochlarini yerga tortmasligi va bo‘ynini zo‘riqtirmaslik uchun odatda mato bilan bog‘lab qo‘yadi.
Mandelaning turmush o‘rtog‘i, professional sartarosh Emmanuyel Chege haftasiga bir necha soat xotinining sochini parvarish qilishga sarflaydi. Chege haftada bir marta Mandelaning sochlarini yuvadi, ammo buning uchun olti shisha shampun kerak, keyin esa ikki kun quritish jarayoni davom etadi.








