BAA-Eron munosabatlari iliqlashmoqda
Abu-Dabi Tehronga elchisini qaytaradi.

BAA Eronga o‘z elchisini qaytaradi. Bu haqda mamlakat TIV maʼlum qildi.
"Elchining qaytishi to‘g‘risidagi qaror Eron TIV bilan muvofiqlashtirildi", — deyiladi vazirlik bayonotida.
Abu-Dabi Tehrondan o‘z elchisini 2016 yilda chaqirib olgan. Bunga Erondagi Saudiya Arabistoni elchixonasiga uyushtirilgan hujum sabab bo‘lgan. Bundan tashqari, ikki davlat Fors ko‘rfazidagi uch orolga daʼvo qilib keladi.
Munosabatlar iliqlashishi o‘tgan yildan boshlangan. 2021 yil 6 dekabr kuni BAA milliy xavfsizlik bo‘yicha davlat maslahatchisi shayx Taxnun bin Zayd al Nahayon Tehronda prezident Ibrohim Raisiy bilan muzokara o‘tkazgan. Unda tomonlar o‘zaro hamkorlikni kengaytirishga kelishib olgan.
Avvalroq Eron Rossiya bilan neft-gaz sohasida 40 milliard dollarlik kelishuvga erishgandi.







