Estoniya TIV: Rossiya energetikasiga sanksiya joriy etish kerak
Shuningdek, rossiyaliklarga viza berishni to‘xtatish taklif qilindi.

Rossiyaga qarshi sanksiyalarning oltinchi paketi energetik resurslarga qarshi taqiqni o‘z ichiga olishi kerak. Bu haqda Estoniya tashqi ishlar vaziri Urmas Reynsalu maʼlum qildi.
“Biz agressiyaning bahosini qish kelgunga qadar ko‘tarishimiz kerak. Sanksiyalarning yettita paketi Putinning Ukrainaga qarshi harakatlarini to‘xtatish uchun yetarli bo‘lmadi”, – degan diplomat.
Bundan tashqari, vazir rossiyaliklarning Yevropa Ittifoqiga kirishini taqiqlanishni taklif qilgan.
“Rossiyaning 10 milliondan ortiq fuqarolari Yevroittifoqqa kirish huquqiga ega. Kimdir birinchi qadamni tashlashi kerak va umid qilamanki,ayrim masalalarda umumevropa kelishuviga erisha olamiz”, – deb qo‘shimcha qilgan u.
Avvalroq Finlyandiya rossiyaliklarga viza berishni qisqartirishi to‘g‘risida xabar berilgandi.







