O'zbekiston

Otangga bor, onangga bor yoxud yillar davomida yechimini kutgan muammolar

Sarson bo‘lgan tadbirkorlar, yo‘l, suv, elektr energiyasidan qiynalayotgan aholi... Farg‘onadagi sayyor qabulda muammolar qanday yechim topdi?

Otangga bor, onangga bor yoxud yillar davomida yechimini kutgan muammolar


 

Joriy yilning o‘tgan davrida Farg‘ona viloyatidagi Prezident Xalq qabulxonalari va virtual qabulxonasiga viloyat aholisidan 73 ming 148 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 69 ming 115 tasi ko‘rib chiqilgan. Shundan 36 ming 490 tasi yoki 52,7 foizi ijobiy hal qilingan, 30 ming 970 dan ziyod yoki 44,8 foiz masalaga huquqiy ma’lumot va tushuntirish berish orqali yechim topilgan bo‘lsa, yana bir qism murojaatlar uzoq muddatli nazoratga olingan.   

 

Rishtonning Polvonobod qishlog‘ida 1960 yillarda qurilgan shiypon anchadan beri bo‘sh turgan edi. Shu qishloqlik tadbirkor Ikromjon Mamatqulov bu yerda davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida yangi bino qurish taklifi bilan chiqdi. Bu masala ham shu yerda o‘rganilib, hal qilingach, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. Ayni paytda yangi binoni qurish ishlari boshlangan. 

 

Bag‘dodlik 23 yoshli tadbirkor Sherzodbek Abduxalilov tumandagi kichik sanoat zonasida ixcham inkubatorlar, muzqaymoq, ko‘mir briketlari va kir yuvish vositalari tayyorlash uskunalari-yu, dastgohlarini ishlab chiqarmoqda. Bu yil u faoliyatini kengaytirish uchun bankdan kredit olmoqchi bo‘ldi, ammo ishi hadeganda bitavermadi. O‘sha kunlarda davlat rahbari topshirig‘i asosida tuzilgan Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida ommaviy qabullar o‘tkazdi-yu, bu masala qabulning o‘zida ko‘rib chiqilib, hal qilindi. Tadbirkorga yaqinda 350 mln so‘m kredit berildi. 

 

Qo‘qon shahrining “Ashurali Zohiriy” mahallasi o‘ramida uzoq vaqtdan beri bo‘sh turgan yerlar mahallaning10 nafar tadbirkoriga ajratib berildi. Ular orasida Munavvar Ashurov ham bor. Bunga qadar xonadonida trikotaj mahsulotlari tayyorlab, yillar davomida bu ishning hadisini olgan tadbirkor yigit hozircha mahallasidagi 20 nafar xotin-qizni ishli-joyli qildi. 

 

Murojaatlar asosida tadbirkorlik, balki yo‘l, suv, elektr energiyasi kabi odamlar turmushidagi eng birlamchi masalalarga oid murojaatlar ham joyiga chiqib o‘rganilib, muammolar aholi va sektorlar bilan kengashilgan holda hal qilib berilmoqda. Buvayda tumanining biroz chekkaroq, markazdan uzoqroq hududi – Cho‘taka mahallasida 30 yildan buyon ichimlik suvi muammo, ko‘chalar loy – chang edi.

 

Shu paytgacha bu ko‘chalardan 3 km yo‘l bosib suv tashib ichgan cho‘takaliklar shu masalalarga yechim so‘rab murojaat qilgach, 900 ta xonadonni qiynab kelayotgan mazkur tizimli muammolarni hal qilish bo‘yicha mahalliy dasturlarga taklif tayyorlandi. Bu yil mahalliy dastur asosida 6 mlrd so‘m evaziga hududni to‘liq ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun ikki bosqichda ish boshlandi. 

 

Quvasoy shahrining “Qal’acha” mahallasi aholisi murojaatlari asosida hududdagi 14 ta xonadonni ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasi ham kun tartibida turgan edi. Bu bo‘yicha ham taklif tayyorlab berilgach, mahalliy dastur asosida ajratilgan 76 mln so‘m evaziga 1,4 km tarmoq tortilib, 14 xonadonga suv kirib bordi. 

 

Qo‘qonlik ikki farzandning otasi Ulug‘bek Yo‘ldoshev 16 yoshda yurak xastaligiga uchragan, nogironlik nafaqasi hisobiga kun kechirmoqda. Yurak jarrohligini o‘tkazishga esa, tabiiyki, imkon qilolmadi. Ayni shunday og‘ir pallada davlat unga yordam qo‘lini cho‘zdi. Murojaati asosida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan 40 mln so‘m ajratilgach, murakkab yurak jarrohligi amaliyoti o‘tkazildi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Otangga bor, onangga bor yoxud yillar davomida yechimini kutgan muammolar | Zamon.uz