O'zbekiston

O‘z brendiga ega ishbilarmonlar ko‘payib bormoqda — Shavkat Mirziyoyev

Prezident ilg‘or tadbirkorlarga davlat mukofotini topshirdi.

O‘z brendiga ega ishbilarmonlar ko‘payib bormoqda — Shavkat Mirziyoyev

 

Bugun, 22-avgust kuni Xalqaro kongresc markazida Tadbirkorlar kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakat ishbilarmonlarini bayram bilan tabriklab, tadbirkorlar O‘zbekiston iqtisodiy qudratini oshirishda asosiy kuch ekanini taʼkidladi.

 

“Jamiyatda tadbirkorlarning obro‘si va mavqei kun sayin yuksalib, ichki va tashqi bozorda o‘z mustahkam o‘rniga, o‘z nufuzi va brendiga ega bo‘lgan ishbilarmonlar tobora ko‘payib bormoqda. Davlat idoralarida ham ularga munosabat tubdan yaxshilandi. Tadbirkorlarga nisbatan mana shunday yondashuv bundan keyin ham iqtisodiy siyosatimizning eng muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20 avgustdagi farmoniga muvofiq, Tadbirkorlar kuni munosabati bilan mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan soha vakillaridan bir guruhi mukofotlangan edi. Tadbirda davlat rahbari 29 nafar fidoyi va ilg‘or tadbirkorlarga ana shu orden va medallarni topshirdi.

 

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19 avgustdagi qarori bilan “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni taʼsis etiilgan edi. Ushbu mukofotga sazavor bo‘lgan 100 nafar tadbirkorga ham joylarda ushbu yangi ko‘krak nishoni topshirilmoqda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘z brendiga ega ishbilarmonlar ko‘payib bormoqda — Shavkat Mirziyoyev | Zamon.uz