Qrim Ukrainaga qaytarilishi kerak—Erdog‘an
Turkiya rahbari Kiyev bilan Moskvani yarashtirishga harakat qilmoqda.

Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi mojaro adolatli tinchlik bilan yakunlanishi va bosib olingan Qrim Ukrainaga qaytarilishi kerak. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Qrim platformasi sammiti chog‘ida aytib o‘tdi.
“24-fevraldan beri davom etayotgan nizo Ukrainaning hududiy yaxlitligi va suvereniteti asosida adolatli tinchlik bilan yakunlanishi kerak, deb hisoblaymiz. Turkiya bu maqsadga erishish uchun samarali diplomatik kanal yaratish uchun favqulodda sa’y-harakatlarni amalga oshirdi. Muhim yutuqlarimiz bor”, — degan prezident.
U yangilanish va tinchlik yo‘lidagi sa’y-harakatlarni davom ettirishda qat’iy ekanini ma’lum qilgan va xalqaro huquq Qrimni Ukrainaga qaytarishni talab qilishini ta’kidlagan.








