Boris Jonson Rossiyani Ukrainani tishlayotgan ayiqqa o‘xshatdi
Sobiq Bosh vazir yana Kiyevga keldi.

Buyuk Britaniya sobiq Bosh vaziri Boris Jonson fikricha, hozir Ukraina uchun Rossiya bilan muzokara olib borish vaqti emas. Bu haqda u Kiyevda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan qo‘shma matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
“Endi muzokaralar olib borish uchun qandaydir rejani ilgari suradigan vaqt emas. Ayiq oyog‘ingizni tishlasa, u bilan muzokara qila olmaysiz”, — degan Jonson.
Bosh vazir ayni paytda Ukrainaning suveren yaxlitligini tiklash va saqlab qolish eng muhim masala ekanini bildirgan.








