Abduvohidovning o‘rni “sovishga ulgurmadi”
Uning o‘rniga yangi Prezident maslahatchisi tayinlandi.

Avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov lavozimidan ozod etilgani xabar qilingandi.
Prezident farmoni bilan mazkur lavozimga Odil Kalandarovich Abduraxmanov tayinlandi.
U bungacha Toshkent davlat transport universiteti rektori sifatida faoliyat yuritayotgan.








