Bugun Zelenskiy va Bayden telefon muloqotini o‘tkazadi
Unda qaysi masalalar ko‘tarilishi ochiqlandi.

Payshanba kuni Jozef Bayden va Vladimir Zelenskiy telefon muloqotini amalga oshiradi. Bu haqda Oq uy vakili Jon Kirbi maʼlum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar Ukrainaning Rossiya nazoratidagi hududlarda Moskva tomonidan “referendumlar” o‘tkazish masalasini muhokama qiladi.
Kirbi AQSHda tez kunlarda Xerson, Zaporojye, Donesk va Lugansk viloyatlarini RF tarkibiga qo‘shib olish bo‘yicha “referendumlar” o‘tkazilishi to‘g‘risida maʼlumot borligini taʼkidlagan.
“Qo‘shma Shtatlar va xalqaro hamjamiyat Ukrainaning suveren hududlarini nazoratga olish nolegetim ekanini aniq maʼlum qildi”, – degan amaldor.
Bundan tashqari, Bayden Kiyevga harbiy yordam masalasini ham ko‘tarishi aytilgan.
Avvalroq Zelenskiy Rossiya bilan Minsk kelishuvlariga qaytmasligini maʼlum qilgandi.







