O'zbekiston

Toshkent tibbiyot akademiyasi kontrakt narxlari oshganini tasdiqladi

Ammo vazirlik buni inkor etmoqda.

Toshkent tibbiyot akademiyasi kontrakt narxlari oshganini tasdiqladi

 

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan va muhokamalarga sabab bo‘layotgan davlat oliy ta’lim muassasalarida bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlarining oshirilgani to‘g‘risidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi.

 

Vazirlik o‘z bayonotida tarqalgan xabarlar noto‘g‘ri ekanini ma’lum qilgan.

 

Qayd etilishicha, ayni paytda bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlari 2022/2023-o‘quv yili uchun tasdiqlanishi kutilmoqda. Vazirlik ushbu masala rasmiy e’lon qilinmagunga qadar barcha davlat oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan moliyaviy mustaqillik berilgan ta’lim tashkilotlari ham rasmiy bayonot berishini asossiz deb hisoblaydi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq moliyaviy mustaqillikka erishgan Toshkent tibbiyot akademiyasida joriy o‘quv yili uchun kontrakt narxlari stipendiyasiz holatda 9 mln so‘mdan 19 mlngacha oshirilgani xabar qilingandi. Shundan so‘ng akademiya prorektori videomurojaat bilan chiqib, yuqorida keltirilgan narx joriy yilda o‘qishga qabul qilingan birinchi kurs talabalari uchun amal qilishini aytdi.

 

Shuningdek, prorektor o‘z videomurojaatida aytilgan gaplarni haqiqiy va asosli ekanini ta’kidlagan. Ammo vazirlik barcha davlat OTMlari va moliyaviy mustaqillik berilgan ta’lim tashkilotlarining bayonotini asossiz deb hisoblamoqda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkent tibbiyot akademiyasi kontrakt narxlari oshganini tasdiqladi | Zamon.uz