Qozog‘iston Rossiyadan ketgan kompaniyalarni o‘ziga “og‘dirib olmoqchi”
Mamlakat bosh vaziri bu bo‘yicha rejalarni ochiqladi.

Qozog‘iston Rossiyani tark etgan 250 ta G‘arb kompaniyalarini o‘z bozoriga jalb qilmoqchi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Alixan Smailov maʼlum qildi.
“Biz hozirda relokatsiya bo‘yicha ish olib boryapmiz. Xususan, Rossiya bozorini tark etgan va xomashyo sektoridan tashqaridagi 250 kompaniya bilan muzokara ketmoqda”, – degan u Tengrinews.kz portaliga bergan intervyusida.
Qozog‘iston hukumati rahbari fikricha, bu mamlakatda investitsion loyihalarning ko‘payishiga olib keladi.
Nur-Sulton har bir kompaniyaning yangi bozorga moslashishi uchun alohida ishchi guruhlar tuzilgan. Smailovning so‘zlariga ko‘ra, Skoda, GE Healthcare, Philips Qozog‘istonga kelishni rejalashtirgan.







