“Biz Prezidentimiz oldida uyatlimiz”
Qoraqalpoq shoiri Shavkat Mirziyoyev oldida nutq so‘zladi.

Kecha, 26 avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorgi Kengesining navbatdan tashqari 34-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi raisi, Jo‘qorg‘i Kengash deputati Kenesbay Karimov nutq so‘zlab, Nukus voqelari haqida gapirib o‘tdi.
“Onalar, odamlar kelib aytayapti: Prezidentimizning oldida odobsiz yoshlarimiz uchun biz uyatlimiz, endi u kishinig yuzlariga qanday qaraymiz”— deya xalqning fikrini yetkazgan shoir.
Deputat o‘z nutqida, shuningdek, so‘nggi yillarda Qoraqalpog‘istonda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ham fikr bildirgan.
“Men yaqindagina o‘zim tug‘ilgan ovulga borsam, oldin asfalt bo‘lmagan yo‘llarga ham asfalt boribdi. Bu birgina bizning ovulimiz. Qoraqalpog‘istonda yuzlab ovullar “Obod qishloq” dasturi bilan rivojlanayotganini biz har kuni ko‘rib turibmiz”, — deydi deputat.








