O‘zbekistondan Qirg‘izistonga ketayotgan avtobus YTHga uchradi
Hodisa Qozog‘istonda sodir bo‘lgan.

Turkiston viloyatida O‘zbekistondan Qirg‘izistonga ishchi olib ketayotgan avtobus YTHga uchradi. Bu haqda Qozog‘iston IIV xabar berdi.
Hodisa 27 avgust kuni mahalliy vaqt bilan 07:18da sodir bo‘lgan. oqibatda 12 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgani YTHga sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Hodisa yuzasidan Qozog‘iston jinoyat kodeksining 345 moddasi 2 qismi bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan. Uning barcha tafsilotlari o‘rganilmoqda.







