O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi IT-park yangi binolarini borib ko‘rdi

Bu yerda jami 17 ta imorat barpo etilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi IT-park yangi binolarini borib ko‘rdi

 


Bugun, 27-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkida qurilgan yangi binolarni borib ko‘rdi.

 

Davlat rahbari mazkur majmua qurilishiga 2019 yil 20 noyabrda tamal toshi qo‘ygan, o‘tgan yili dekabrda bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirgan edi. Bugungi kunda 20, 22, 25 qavatli binolar va konferensiya zali qurib bitkazildi.

 

O‘zbekistonda axborot texnologiyalari rivojiga alohida ahamiyat qaratilmoqda. So‘nggi besh yilda sohaga 2 milliard dollar, shu jumladan, 700 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar yo‘naltirildi. Barcha hududlarda IT-parklar ochilib, ular uchun alohida soliq rejimi joriy etildi. Bu orqali 14 ming nafar yoshlar yuqori daromadli ish bilan ta’minlandi. Shuningdek, sohada o‘zini o‘zi band qilgan mutaxassislar soni 43 ming nafarga yetdi.

 

Joriy yilning o‘zida mamlakatda 134 ta yangi, jumladan, 50 ta xorijiy IT kompaniya tashkil etildi, eksportyor korxonalar soni esa 2 barobarga oshdi.

 

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki bu borada yetakchi. U birinchi bo‘lib ikki qavatli binoda ochilgan edi. Bugungi kunda osmono‘par, muhtasham majmuaga aylandi.

 

Ushbu IT-parkning rezidentlari, xizmatlar turi ham ko‘payib bormoqda. Joriy yilning 6 oyida ular tomonidan 53 million dollarlik xizmatlar eksport qilingan. Yil yakunigacha bu ko‘rsatkich 100 million dollardan oshishi kutilmoqda.

 

Davlat rahbari “Aloqabank” va “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi binolaridagi sharoitlarni kirib ko‘rdi. Ularning pastki qavatlarida mijozlarga xizmat ko‘rsatish ofisi joylashgan. Yuqori qavatlar IT korxonalar uchun mo‘ljallangan. Yerto‘la qismida 3 ming avtomobilga mo‘ljallangan 3 qavatli turargoh ham bor.

 

IT-parkda qurilish 2 bosqichda olib borilmoqda. Bu yerda jami 17 ta imorat barpo etiladi. Sohadagi tashkilotlar, universitet, kovorking markazi o‘zaro uzviy faoliyat olib boradi. Majmua hududida xizmat uylari, mehmonxona, kafe va restoranlar, do‘konlar, sport maydoni, dam olish joylari ham bo‘ladi.

 

Shu yerda “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik kompaniyasida joriy etilgan avtomatik hisoblash tizimi, Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining elektron tizimlarini yanada takomillashtirish loyihasi haqida ma’lumot berildi.

 

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

6 baravar qimmat: ayrim dorixonalarning «qing‘ir ishi» fosh bo‘ldi

6 baravar qimmat: ayrim dorixonalarning «qing‘ir ishi» fosh bo‘ldi

Ayrim dorixonalarda dori vositalari narxi sunʼiy ravishda oshirib yuborilgani aniqlandi. Xususan, ayrim dorixonalarda 15 ming so‘mlik dori 190 ming so‘mga sotilgan.

Aeroportda “reyd”: 166 mln so‘mlik tibbiy buyumlar to‘xtatib qolindi

Aeroportda “reyd”: 166 mln so‘mlik tibbiy buyumlar to‘xtatib qolindi

Hozirda ular ashyoviy dalil sifatida olinib, holat yuzasidan belgilangan tartibda tegishli ishlar olib borilmoqda.

Ustyurtda yangi kon: “Qoratau”dan gaz va kondensat olindi

Ustyurtda yangi kon: “Qoratau”dan gaz va kondensat olindi

Endilikda kondan sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan tabiiy gaz va kondensat oqimini olish mumkin.

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni tavallud kuni bilan tabrikladi

Prezident Tojikiston yetakchisiga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat va birodar davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilagan.

Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi IT-park yangi binolarini borib ko‘rdi | Zamon.uz