Surxondaryolik erkak singlisining erini pichoqlab qo‘ydi
Hozirda holat yuzasidan tergov boshlangan.

Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida erkak singlisining turmush o‘rtog‘i bilan janjallashib qolib, uni pichoqladi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Denov tumanida yashovchi B. X. Oltinsoy tuman Botosh mahallasida yashovchi singlisi B. N.ning uyiga mast holatda kirib kelib, singlisining turmush o‘rtog‘i M. M. bilan tortishib qolib, janjallashishadi.
Aroqning ta’sirida hushini yo‘qotgan B. X. M. M.ning qorniga va soniga bir necha marotaba pichoqni urib oladi va og‘ir turdagi tan jarohati yetkazadi.
Mazkur holat yuzasidan B. X.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.








