Buxoroda gaz balloni portlashi oqibatida 4 ta uy yonib ketgani aytildi
Viloyat FVB holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqda Buxoro viloyatining Romiton tumanida gaz balloni portlab, 4 ta uy yonib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati rasmiy ma’lumot e’lon qildi.
Hodisa kecha, 27-avgust kuni soat 00:05 atrofida Romitan tuman “Attaron” MFY Quyimirishkor qishlog‘ida yuz bergan. Oqibatda fuqaroga tegishli 1 ta uyning 81 kvadrat metr maydonda tom qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.
Yong‘in soat 01:40 da to‘liq bartaraf etilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, fuqarolarning kuyish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan.








