Turkiyada sayyohlik avtobusi halokatga uchradi
Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar bor.

Turkiya shimoli-g‘arbidagi Bursa viloyatida sayyohlik avtobusi qoyadan qulab tushdi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.
Hodisa oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan, 38 kishi yaralangan. Qurbonlar orasida haydovchi ham bor.
Avtobus Turkiyaning Kyutaxya shahridan Bursaning Mudanya provinsiyasi tomon ketayotgan bo‘lgan. Unda qaysi davlat fuqarolari bo‘lgani haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q.








