Xitoyda kelin-kuyovni to‘yda chaqmoq urdi
Hodisa oqibatida ulardan biri vafot etgan.

Xitoyning Anxuy provinsiyasida koronavirusga tekshiruvdan o‘tish uchun kelgan olomonni yashin urdi. Hodisa oqibatida ikki kishi voqea joyida vafot etgan. Ayni vaqtda mahalliy OAV yana bir kishi og‘ir ahvolda shifoxonada yotganini xabar qilmoqda.
Bundan tashqari, mamlakatming boshqa bir hududida kelin-kuyovni chaqmoq urgan. Kuyov to‘y fotosessiyasi vaqtida yashin urishidan vafot etgan.
Avvalroq Yamanda dafn marosimida chaqmoq urishi oqibatida olti kishi halok bo‘lgani ma’lum qilingandi.








