Jahon

Yevroittifoq yaqin orada sanksiyalar tufayli katta qiyinchiliklarga duch keladi

“Sanksiyalar nafaqat Rossiyaga, balki Yevropaga ham og‘ir zarba”, dedi Josep Borrel.

Yevroittifoq yaqin orada sanksiyalar tufayli katta qiyinchiliklarga duch keladi

 

Yevropa Ittifoqi qisqa muddatda Ukrainadagi vaziyat tufayli Rossiyaga qarshi sanksiyalar bilan bog‘liq jiddiy muammolarga duch keladi. Bu haqda Yevropa diplomatiyasi rahbari Josep Borrel ma’lum qildi.

 

“Biz Rossiyaning iqtisodiy imkoniyatlarini cheklayapmiz. Rossiya iqtisodiyoti neft va gazga bog‘liq ekan, ular bizning texnologiyamizga muhtoj bo‘ladi. Rossiya qiyin ahvolda. Va, albatta, biz ham qisqa muddatda jiddiy muammolarga duch kelamiz. Gaz narxi oshib borayotganini inkor etib bo‘lmaydi. Lekin biz erkinlik uchun to‘lashga tayyor bo‘lishimiz kerak”, — dedi Borrel.

 

Rossiyaning Ukrainada maxsus operatsiyasi boshlanganidan so‘ng Gʻarb davlatlari Rossiya Federatsiyasiga, xususan, Rossiya energiya manbalariga qarshi sanksiyalar joriy qila boshladilar. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyani zaiflashtirish siyosati Gʻarbning uzoq muddatli strategiyasi ekanligini, sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini aytgan.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Yevroittifoq yaqin orada sanksiyalar tufayli katta qiyinchiliklarga duch keladi | Zamon.uz