Britaniya maktablari qishda muzlab qolishi mumkin
Yangi o'quv yilida darslarga issiq kiyimda kelish tavsiya etiladi.

Buyuk Britaniyada kuchayib borayotgan energetika inqirozi maktab direktorlari orasida vahima uyg‘otdi, deb yozadi "The Sun".
Pulni tejash uchun ba'zi ta'lim muassasalari sinflardagi harorat rejimini kamaytirishni rejalashtirmoqda, shuning uchun bolalar darslarga issiq kiyimda kelishlari kerak.
Maktablarning sovib ketishi mamlakatda uy-joy kommunal xizmatlari narxining oshishi bilan bog'liq. Britaniya Milliy statistika byurosi ma'lumotlariga ko'ra, iyun oyida mamlakat joriy etilgan sanksiyalar tufayli 1997-yildan beri birinchi marta Rossiya energiyasisiz qolgan.
Rossiya 2021-yilda Buyuk Britaniyaga neft mahsulotlarini yetkazib beruvchi eng yirik davlatlardan biri boʻlib, ulushi 24% dan ortiq, neft va gaz boʻyicha esa mos ravishda 6 va 5% atrofida edi.







