O'zbekiston

Mustaqillik bayrami arafasida bir guruh diplomatik missiya rahbarlariga oliy martabalar berildi

Bu bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilindi.

Mustaqillik bayrami arafasida bir guruh diplomatik missiya rahbarlariga oliy martabalar berildi

 

O‘zbekiston mustaqilligining 31 yilligi arafasida Prezidentning tegishli farmonlari bilan qator diplomatik missiyalar rahbarlariga oliy diplomatik martabalar berildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi. 

 

Farmonga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi elchisi Farxod Arziyev va Turkmanistondagi elchisi Akmaljon Kuchkarovga  Favqulodda va Muxtor elchi martabasi berilgan.

 

O‘zbekiston Respublikasining Avstriya Respublikasidagi elchisi Abat Fayzullayev, YUNESKOdagi doimiy vakili Umid Shodiyev va  Jenevadagi BMT bo‘linmasidagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasovga 2-darajali Favqulodda va Muxtor vakil martabasi berilgan.

 

“Oliy martabalarga sazovor bo‘lgan diplomatlarimizni chin dildan qutlab, kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilaymiz”, — deyiladi xabarda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.