Samarqand shahridagi maktablarda o‘qish 5-sentyabrdan boshlanmaydi
Bu haqda viloyat XTB ma’lumot berdi.

Avvalroq joriy yil sentabr oyida O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlarining oliy darajadagi navbatdagi Sammiti, shuningdek, qator xorijiy mamlakat rahbarlarining rasmiy tashriflari bo‘lib o‘tishi xabar qilingandi.
Mazkur jarayonlar va tadbirlar o‘tkaziladigan hududlarga yaqin joylarda jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek, aholiga qulay sharoitlarni yaratish maqsadida Samarqand shahridagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlari joriy yilning 19-sentabr sanasidan boshlanadi.
“Samarqand shahridagi maktab o‘quvchilarining qoldirilgan dars soatlari o‘quv yili davomida ta’tillar hisobidan to‘ldiriladi”, — deyiladi viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati xabarida.








