AQSH Tayvanga 1 milliard dollarlik qurol sotmoqchi
Bu bo‘yicha Kongressga so‘rov yuboriladi.

Oq uy Kongressdan Tayvanga qurol sotishni so‘ramoqchi. Uning umumiy qiymati 1.1 milliard dollarni tashkil etadi.
Harbiy paket 60 dona kemaga qarshi raketa va “havo-havo” turidagi 100 ta raketani o‘z ichiga oladi.
Politico gazetasi bu reja boshlang‘ich nuqtada ekanini maʼlum qilgan. Qayd etilishicha, kemaga qarshi AGM-84L Harpoon Block II raketalari 355 million dollarga, AIM-9X Block II Sidewinder “havo-havo” tipidagi raketa 85,6 million dollarga, razvedka radarlari 655.4 million dollarga tushadi. Sidewinder raketalari Tayvan harbiy-havo kuchlarining F-16 samolyotlariga o‘rgatiladi.
Avvalroq Xitoyning BMTdagi doimiy vakili AQSHni Tayvanda provokatsiyalar paydo qilishda ayblagandi.







