O‘zbekistonda anor festivali o‘tkaziladi
Bu qishloq xo‘jaligi sohasidagi ilk tadbir hisoblanadi.

Joriy yilning 5-oktyabr kuni Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida respublika miqyosidagi Birinchi anor festivali o‘tkaziladi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Tadbir Yevropa Ittifoqi komissiyasi, Jahon banki, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, vazirlik huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi, Surxondaryo viloyati hokimligi, O‘zbekiston Anorchilar assosiasiyasi, “Annexure Financial Solutions” konsalting kompaniyasi va “ShirinMeva” jurnali tomonidan tashkil etiladi.








