O'zbekiston

Sizlarga ishonib marrani katta oldik—Shavkat Mirziyoyev

Prezident bir guruh taqdirlanganlarga davlat mukofotlarini topshirdi.

Sizlarga ishonib marrani katta oldik—Shavkat Mirziyoyev

 

Prezident farmonlariga muvofiq, O‘zbekiston mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan bir guruh shaxslar faxriy unvonlar, orden va medallar bilan mukofotlangan edi. Shuningdek, mamlakat bilan hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shayotgan katta hissasi uchun chet el fuqarolari “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.

 

Bugun, 30 avgust kuni Ko‘ksaroyda mazkur mukofotlarni topshirish marosimi bo‘ldi. Prezident Shavkat Mirziyoyev yig‘ilganlarni Mustaqillik bayrami va mukofotlar bilan tabriklab, ezgu tilaklar bildirdi.

 

“Davlatimizning oliy mukofotlarini siz, azizlarga topshirish men uchun ham katta sharaf. Fursatdan foydalanib, barchangizni, joylarda mukofotlarni qabul qilib olayotgan yurtdoshlarimizni chin yurakdan tabriklayman”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Bugun mamlakat taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ymoqda, ulkan reja va dasturlar amalga oshirilmoqda. Prezident mukofotlanganlarni ana shu islohotlarning tashabbuskorlari, yangi O‘zbekistonning bunyodkorlari deb atadi.

 

“Vatan ravnaqi, xalq farovonligi uchun mehnat qilgan odam hech qachon kam bo‘lmaydi. Bugun sizlarning olijanob va mardona mehnatingizni xalq munosib baholayapti, davlatimiz qadrlayapti. Hamma sizlarga havas bilan qaraydi”, – dedi Prezident.

 

Keyingi paytlarda dunyo tahlikali bo‘lib borayotgani, raqobat keskin tus olib, iqtisodiy aloqalarda uzilishlar bo‘layotgani haqida fikr bildirildi.

 

“Bu murakkab sharoitda yetti marta emas, yetmish marta o‘lchab ish tutishimiz kerak. Tashqi siyosatimizni shunday tuzayapmizki, bizning yakkayu yagona muddaomiz – O‘zbekiston manfaatini ta’minlash. Maqsadimiz – xalqimizni rozi qilish. Buning uchun imkoniyatlardan yanada samarali foydalanishimiz, jaydari qilib aytganda, borini asrab, yo‘g‘ini yaratib yashashimiz kerak”, – dedi davlat rahbari.

 

Bugun omilkor tadbirkorlar, dehqon va fermerlar, ishchi-muhandislar mamlakat taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shmoqda. Ilm-fan, ta’lim-tarbiya, tibbiyot, madaniyat, adabiyot va san’at, sport sohasi vakillari yurtning intellektual va ma’naviy salohiyatini yuksaltirish yo‘lida fidoyilik namunasini ko‘rsatmoqda.

 

Mahallaga tushib, ishlarni manzilli tashkil etish – davlat idoralari faoliyatining mezoniga aylandi. Mahalla faollari bu islohotlarga qanot bo‘lmoqda. Xotin-qizlar O‘zbekistondagi demokratik jarayonlarning, xalqchil islohotlarning faol va tashabbuskor ishtirokchisiga aylanib borayotir.

 

Xalq umr mazmunini farzandlarida ko‘radi. Shunday mehr-e’tibor bilan ulg‘aygan yoshlar bugun hamma sohada ilg‘or bo‘lib, mamlakatga haqiqiy tayanch va suyanch bo‘lib maydonga chiqmoqda.

 

Mard va jasur harbiylar mamlakat sarhadlarini himoya qilish, el-yurtning tinchligi va osoyishtaligini saqlash yo‘lida fidokorona xizmat qilmoqda.

 

“Men sizlarni o‘zimning eng yaqin maslakdoshlarim, safdoshlarim deb bilaman. Barchamiz ahil va hamjihat bo‘lib, sadoqat bilan mehnat qilib, yangi O‘zbekistonni yaratayotganimiz bilan faxrlanamiz. Xalqimizga, sizlar kabi mard va shijoatli yurtdoshlarimizga ishonib marrani katta oldik. Biz uchun bittayu bitta to‘g‘ri yo‘l, yagona maqsad bor: u ham bo‘lsa, ko‘pmillatli xalqimiz, jonajon O‘zbekistonimiz manfaati yo‘lida xizmat qilishdir. Mana shu qutlug‘ yo‘lda barchangizga omad va muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilayman”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Shundan so‘ng davlat rahbari mukofotlarni tantanali ravishda topshirdi.

 

“Har qanday mukofot bu avvalo, el-yurt e’tirofi, Vatan ishonchidir. Bugun ko‘ksingizda yaraqlab turgan orden va medallar barchangizga buyursin, sizlarni yangi yutuq va marralarga chorlasin. Ilohim, mana shunday xursandchilik kunlarimiz ko‘p bo‘lsin! Yurtimiz tinch, osmonimiz doimo musaffo bo‘lsin”, – deya tilak bildirdi Prezident.

 

Mukofotlanganlar yuksak e’tibor uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.

 

Marosimda davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, mehnat faxriylari, ziyolilar, ayollar va yoshlar ishtirok etdi.

 

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Sizlarga ishonib marrani katta oldik—Shavkat Mirziyoyev | Zamon.uz