Xavfli manyovrlar bilan harakatlangan “Range Rover” haydovchisiga chora ko‘rildi
Huquqbuzarlik 43 yoshli haydovchi tomonidan sodir etilgan.

Ijtimoiy tarmoqda “Range Rover” rusumli avtomobil haydovchisi avariya holatini yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan turli xavfli manyovrlar bilan harakatlanganligi aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan IIV YHXX axborot xizmati rasmiy izoh berdi.
Ma’lum qilinishicha, 1979-yilda tug‘ilgan haydovchi Nishonov Dilmurod Zokirovichga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128⁵-moddasi 2-qismi bilan chora ko‘rilgan.
Hozirda ushbu videolavhani tasvirga olgan va Neksiya–3 rusumli avtomobilni boshqargan haydovchilarning shaxsini aniqlashga qaratilgan tadbirlar olib borilmoqda.
“Har qanday qoidabuzarlik va huquqbuzarlik uchun qonunda belgilangan tartibda chora qo‘riladi. Holatda aks etgan barcha ishtirokchilarning xatti-harakatiga huquqiy baho beriladi, mazkur yo‘nalishda surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.








