Zelenskiy MAGATE bosh direktori bilan uchrashdi
Avvalroq MAGATE missiyasi Zaporojye AES’ga kelishi aytilgandi.

Bugun, 30-avgust kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) bosh direktori Rafael Grossi bilan uchrashdi. Bu haqda CNN telekanalida xabar qilindi.
Muzokaralar tafsiloti hozircha noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq MAGATE missiyasi 31-avgust, chorshanba kuni Zapоrojye AESiga yetib kelishi xabar qilingandi. Rafael Grossi boshchiligidagi 14 kishidan iborat delegatsiya 29-avgust, dushanba kuni Venadan jo‘nab ketgan va bugun, 30-avgust kuni Kiyevga yetib kelgan.
Mahalliy OAVga ko‘ra, missiya tarkibiga Fransiya, Italiya, Iordaniya, Meksika, Albaniya, Shimoliy Makedoniya, Polsha, Litva, Serbiya va Xitoydan ekspertlar kiritilgan.








