Bugun Toshkentning ayrim ko‘chalari 6 soatga yopiladi
Bunga joylarda bayram tadbirlari o‘tkazilishi sabab bo‘lmoqda.

Bugun, 31-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi munosabati bilan tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shu sababli poytaxtimizning ayrim ko‘chalarida yo‘llar yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Unga ko‘ra, Yangi O‘zbekiston, Mahtumkuli, Tabarruk va Cho‘lpon ko‘chalarida soat 18.00 dan 24.00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalari harakati vaqtinchalik cheklanadi.
"Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz", deyiladi xabarda.







