Qashqadaryoda 2 ta mashina avtohalokatga uchradi
IIB holat bo‘yicha ma’lumot berdi.

Bugun, 31-avgust kuni Qashqadaryo viloyatida ikkita avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa soat 16:20 atrofida 4R-87 Gʻuzor–Chim–Ko‘kdala avtomobil yo‘lining 30-kilometrida yuz bergan. Haydovchi N. D. Nexia rusumli avtotransport vositasida o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan haydovchi Sh. I. boshqaruvidagi Gentra rusumli avtransport vositasi bilan yo‘l transport xodisasi sodir etgan.
YTH oqibatida hech kim hech qanday tan jarohati olmagan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan viloyat IIB JXX YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.








