Rossiya Shengen vizasi masalasida Yevropaga javob qaytaradi
G'arbning bu ishi javobsiz qolmaydi — Peskov.

Agar Yevropada rossiyaliklar uchun Shengen vizasi berilishini taqiqlash joriy etilsa, Rossiya G‘arbga javob qaytaradi, dedi Rossiya Federatsiyasi prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
"Bu (ruslar uchun Shengen vizalarini berishni taqiqlash) juda jiddiy qaror boʻlib, toʻgʻridan-toʻgʻri fuqarolarimizga qarshi qaratilgan boʻlishi mumkin va, albatta, bunday qarorlar javobsiz qolishi mumkin emas. Biz buni fuqarolarimiz manfaatlarini himoya qiladigan tarzda qilamiz", — dedi kotib
Bir qator Yevropa davlatlari rahbarlari avvalroq barcha rossiyaliklarni Shengen mamlakatlariga kirishni taqiqlashga chaqirgan edi. Xususan, taqiq Estoniyada qo'llab-quvvatlandi va Finlandiya sentabr oyidan boshlab Rossiya fuqarolaridan viza olish uchun qabul qilingan arizalar sonini ikki baravar qisqartirilishini e'lon qildi.







