Sholts Putinni nima hayron qoldirganini aytdi
Germaniya kansleri sanksiyalar taʼsiri haqida ham fikr bildirgan.

Rossiyaga qarshi sanksiyalar samarali ishlamoqda. Bu haqda Germaniya kansleri Olaf Sholts maʼlum qildi.
U Ukrainadagi harbiy harakatlarni to‘xtatish uchun cheklovlar muhimligini taʼkidlagan. Bundan tashqari, kansler G‘arb davlatlarining yagona pozitsiyasi Putinni hayron qoldirgan.
“U buni kutmagandi”, – degan Sholts.
Siyosatchi Rossiya iqtisodiyotiga zarar bundan buyon kengayib borishini, sababi Moskva texnologik va iqtisodiy izolyatsiyaga tushib qolganini taʼkidlagan.
Avvalroq Germaniya Ukrainaga o‘ta zamonaviy qurollar yetkazib berishi to‘g‘risida xabar berilgandi.







