O'zbekiston

«Jartepa» chegara postida vaqtinchalik cheklov o‘rnatildi

Mazkur post 12 kunga harakat uchun yopiladi.

«Jartepa» chegara postida vaqtinchalik cheklov o‘rnatildi

 

«Jartepa» bojxona posti orqali fuqarolar va transport vositalarining harakatlanishiga vaqtinchalik cheklov joriy etildi. Bu haqda Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, yo‘lovchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida «Jartepa» chegara bojxona postida joylashgan binolarni kapital ta’mirlash va hududda obodonlashtirish ishlari olib borilayotganligi sababli 2022 yilning 5-16 sentyabr kunlari fuqarolar va transport vositalarining harakatlanishlariga vaqtinchalik cheklov joriy qilinadi. 

 

Mazkur cheklov quyidagi holatlarda tadbiq etilmaydi:
—diplomatik va xalqaro tashkilotlar xodimlariga;
—rasmiy (hukumat) delegasiyalar tarkibiga kiruvchi shaxslarga;
—respublikada investisiya loyihalari doirasida faoliyat yuritib kelayotgan xorijiy tashkilotlar xodimlariga;
—xalqaro yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi haydovchilarga; 
—mamlakatda doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga;
—Tojikiston davlatida doimiy yashovchi O‘zbekiston fuqarolariga; 
—o‘z yurtiga qaytayotgan O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolariga;
—Tojikistonga ketayotgan uchinchi davlat fuqarolariga.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

«Jartepa» chegara postida vaqtinchalik cheklov o‘rnatildi | Zamon.uz