O'zbekiston

Toshkentda texnopark ichidagi sex yonib ketdi

Hodisa joyiga 11 ta qutqaruv ekipaji yuborilgan.

Toshkentda texnopark ichidagi sex yonib ketdi

 

Bugun, 1-sentyabr kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanidagi ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, soat 16:26 da Qo‘shbegi dahasida joylashgan Yakkasaroy texnoparki hududidagi ishlab chiqarish sexining tom va ichki qismida taxminan 1000 kvadrat metr maydonida yong‘in chiqqan. Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 16:31 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 17:29 da qurshab olingan va soat 18:07 da bartaraf etilgan.

 

Voqea joyiga O‘zbekiston Respublikasi FVV rahbariyati, Toshkent shahar FVB va tuman FVB rahbar xodimlari yetib borgan. Yong‘inni bartaraf etishga 11 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji, 2 ta maxsus suv tashishga mo‘ljallangan (vodovoz) avtomobil, 1 ta qutqaruv otryadi jalb etilgan.

 

Hodisa oqibatida fuqarolarning tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari to‘g‘risida xabar kelib tushmagan. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda texnopark ichidagi sex yonib ketdi | Zamon.uz