O'zbekiston

Ta’lim muassasalari oshxonalarida kislorodli kokteyllar sotish taqiqlanadi

SSV holatni izohladi.

Ta’lim muassasalari oshxonalarida kislorodli kokteyllar sotish taqiqlanadi

 

Bir mahsulot, taom va pishiriq mahsulotlari sanitariya qoidalariga muvofiq, oziq-ovqat mahsulotlarining almashtirish jadvaliga mos kelgan hollarda, ikkinchi mahsulot bilan almashtirilishi mumkin.

 

Infeksion va ommaviy noinfeksion kasalliklar (zaharlanish) paydo bo‘lishi va tarqalishining oldini olish uchun hamda sog‘lom ovqatlanish prinsiplariga asosan, sanitariya qoidalari bilan taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlaridan taomlar, pishiriqlar tayyorlash va ulardan iste’mol uchun foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. 

 

Ta’lim muassasalari oshxonalarida oziq-ovqat mahsulotlari va xom ashyosini qabul qilish ularning sifati hamda xavfsizligini, shuningdek, tegishli hujjatlari (oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligi guvohnomasi, veterinariya-sanitariya ekspertizasi hujjatlari, oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlovchi, yetkazib beruvchi, ularning manbasini tasdiqlovchi hujjatlar, gigiyenik xulosa va muvofiqlik sertifikatlari, deklarasiya) mavjud bo‘lgan holdagina amalga oshiriladi. 

 

 Oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish issiq ishlov berish talab qilmaydigan xomashyo va tayyor oziq-ovqat mahsulotlarini alohida ajratilgan maxsus transportda amalga oshiriladi.

 

Har xil turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini tashish uchun bitta transport vositasidan foydalanganda, reyslar orasida transportni dezinfeksiya vositalarini qo‘llagan holda, sanitariya tozalash ishlari o‘tkazib borilishi shart. 

 

 Ta’lim muassasasining o‘quv-tajriba tomorqasida va bog‘ uchastkalarida, issiqxonalarida yetishtirilgan o‘simlik mahsulotlaridan ularning sifati va xavfsizligini tasdiqlovchi laboratoriya-instrumental tekshiruv natijalari mavjud bo‘lgandagina, ovqatlanishni tashkil etishda foydalanish lozim.

 

 Ta’lim muassasalari oshxonalarida kislorodli kokteyllar sotish mumkin emas. 

 

Buyrak, jigar, o‘t yo‘llari yoki oshqozon-ichak o‘tkir kasalliklarini boshdan kechirgan hamda surunkali xastaliklari bo‘lgan o‘quvchilarga parhez ovqatlanish tashkil etiladi. Bunday ovqatlanish tartibiga muhtoj bolalar nonushta va tushliklarini tayyorlashda mahsulotlarga maxsus ishlov berilishi zarur.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Ta’lim muassasalari oshxonalarida kislorodli kokteyllar sotish taqiqlanadi | Zamon.uz