Buyuk Britaniyada 60 foiz zavodlar yopilishi mumkin
Bunga elektr narxining balandligi sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

Elektr energiyasi narxi o‘sishi ortidan Buyuk Britaniyadagi har 10 zavodning oltitasi yopilishi mumkin. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.
Agentlikning MakeUK tashkilotiga asoslanib bergan ma’lumotlariga ko‘ra, agar hukumat ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rmasa, sanoat sektori yanada chuqur inqirozga kirishi mumkin.
“Hozirgi vaziyat korxonalarni qiyin tanlov oldiga qo‘ydi: ishlab chiqarishni kamaytirish yoki yakun vaqt ichida yordam kelmasa, zavodlarni yopish”, — deyiladi xabarda.
O‘tgan haftada Buyuk Britaniya gaz va elektr energiyasi bozorlari boshqarmasi mamlakatdagi 8 foiz xo‘jaliklar uchun energetika narxi oshishini e’lon qilgandi.







