Qashqadaryoda Damas 19 ta yo‘lovchi bilan harakatlandi
Holat bo‘yicha IIB ma’lumot berdi.

Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumani hududida YPX xodimi tomonidan to‘xtatilgan Damas avtomashinasida haydovchi 19 ta yo‘lovchi bilan ketayotganligi aniqlandi. Bu haqda viloya IIB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, haydovchiga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rilgan.
“Barcha haydovchilardan odam tashish qoidalariga amal qilishlarini, yo‘lovchilar o‘z salomatliklari uchun haydovchining qoidabuzarligiga ko‘z yummasliklarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi xabarda.








