Samarqand shahri 4 kunga yopiladi
Shaharning 16 ta ko‘chasida avtomobillar harakati to‘xtatiladi.

Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti Samarqand shahrida o‘tkazilishi munosabati bilan 16 ta ko‘chada avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda viloyat IIB axborot xmzmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, 14 sentyabrdan 17 sentyabrgacha Samarqand shahrining Ibn Sino, Bo‘stonsaroy, Universitet хiyoboni, Namozgoh, Sadriddin Ayniy, Registon, Rudakiy, Shohizinda, Usto Umar Jo‘raqulov, Islom Karimov, Afrosiyob, Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Gulobod, Muqimiy va Dahbed ko‘chalarida transport vositalarining harakati to‘xtatiladi.
Harakat qatnovi cheklangan ko‘chalarda tez tibbiy yordam va favqulodda vaziyatlar bo‘linmalari transport vositalariga istisno tariqasida harakatlanish uchun ruxsat beriladi.
“14, 15, 16, va 17 sentyabr kunlari Samarqand shahriga kelmoqchi bo‘lgan fuqarolardan tashriflarini boshqa muddatga ko‘chirishlarini so‘rab qolamiz. Shu kunlari Samarqand shahriga kirish vaqtinchalik cheklanadi”, — deyiladi xabarda.








