O'zbekiston

Bola nega duduqlanadi va uni davolash mumkinmi?

Mutaxassis kasallikni oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Bola nega duduqlanadi va uni davolash mumkinmi?

 

Ko‘plab kasalliklarning shakllanishi insonlarning bolalik davri bilan bevosita bog‘liq. Xususan, o‘g‘il-qizlardagi duduqlanish yoki nutqiy buzilishlarga o‘z vaqtida e’tibor qaratilmasa, bir umrlik nuqsonlarga sabab bo‘lishi mumkin.

 

1-son Toshkent shahar bolalar klinik shifoxonasi bosh shifokori Mavluda Tabibova duduqlanish kasalligi va uning oldini olish choralaori haqida ma’lumot berdi. 

 

Duduqlanish — bolalarda ko‘p uchraydigan psixofiziologik murakkab nutq buzilishi. Bu holat tovushlar, bo‘g‘inlar yoki so‘zlarning takrorlanishi hamda cho‘zilishi shaklida namoyon bo‘ladi. Nutqda tez-tez to‘xtash yoki qat’iyatsizlik kuzatiladi.

 

Xususan, bola ayrim so‘zlarni aytishdan oldin unli tovushlarga ko‘proq to‘xtaladi. So‘z va gaplarni aytayotganda o‘zi sezmagan holda majburan tutiladi. Gap boshida so‘zning birinchi bo‘g‘ini yoki o‘zini to‘liq qaytaradi. Gap boshlashdan oldin esa so‘zning birinchi harfini takrorlab qiynaladi. Qolaversa, ularda ichki duduqlanish ham uchraydi. Bunday paytda bola nima deyish kerakligini biladi-yu, ammo tiliga chiqara olmaydi.

 

Nutq buzilishi tug‘ma yoki orttirilgan bo‘lib, asosan 2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan kichkintoylarda uchraydi. Shu bilan birga, bu muammo o‘g‘il bolalarda qizlarga qaraganda uch baravar ko‘proq tashxis qilinadi.

 

Duduqlanishning rivojlanishida genetik moyillik muhim rol o‘ynaydi. Biroq homiladorlik paytida ayollarning o‘z salomatligiga yetarlicha e’tibor bermasligi, ayniqsa, gripp va shamollash kabi virusli kasalliklardan to‘liq davolanmaslik, turli dori vositalarini o‘zboshimchalik bilan qabul qilish, onalarning zararli illatlarga ruju qo‘yishi, tug‘uruq davrida bola miyasining lat yeyishi ham ularda duduqlanishga sabab bo‘lishi mumkin.

 

Shuningdek, bola tug‘ilganidan keyin to uch yoshga to‘lgunga qadar og‘ir infeksion va endokrin kasalliklarga chalinishi, qattiq qo‘rquv, ota-onalarning yosh farzandi oldida baland ovozda janjallashishi, jismoniy va ruhiy zo‘riqishlar, turli miya shikastlanishlari ham bu muammoni keltirib chiqaradi.

 

Bundan tashqari, oiladagi qat’iy nazorat, kichkintoylarga haddan ortiq talabchanlik qilish ham ularda duduqlanishga sabab bo‘lishi mumkin. Ayrim ota-onalar esa jajji o‘g‘il-qizlariga kichikligidan aqliy yuklamlarni ko‘paytirib, uzundan uzun she’rlar yodlashga, qiyin so‘z va bo‘g‘inlarni talaffuz qilishga, xorij tillarini o‘rganishga majburlashadi. Bu ham kichkintoylarda nutqning buzilishiga olib keladi.

 

Agar bolada duduqlanish kuzatilayotgan bo‘lsa, logoped yoki psixonevrolog kabi mutaxassis-shifokorlarga murojaat qilish lozim. Davolash muolajalari qancha erta boshlansa, kichikintoy shuncha tez va asoratsiz shifo topadi.

 

Shu bilan birga, maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyachilar, oilada esa ota-onalar duduqlanuvchi bolaga to‘g‘ri, mustaqil va ravon so‘zlashi uchun imkon yaratib berishi maqsadga muvofiq. Ayniqsa, farzandning nutqi rivojlanayotgan davrda ularga ehtiyotkor munosabatda bo‘lish, salomatligiga doimiy e’tibor qaratish muhim.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bola nega duduqlanadi va uni davolash mumkinmi? | Zamon.uz