Namanganda 3 ta avtomashina YTHga uchradi
Oqibatda transport vositalari texnik shikastlangan.

Bugun, 4-sentabr kuni Namangan shahrining “Uychi” ko‘chasida 3 ta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar qildi.
Hodisa soat 12:33 larda “Uychi” ko‘chasi Mashad chorrahasida yuz bergan. IJ-2715 rusumli avtomashina haydovchisi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, 2 ta Damas bilan to‘qnashib ketgan.
YTH oqibatida uchala avtomashina texnik shikastlangan. Yengil tan jarohati olganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.







