Qarshida 35 yoshli erkak 4-qavatdan yiqilib, halok bo‘ldi
U derazadan daraxtga sakrab o‘tmoqchi bo‘lgan.

Kecha, 3-sentabr kuni Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahridagi 2-sonli yotoqxonada 35 yoshli erkak tushib ketib, halok bo‘ldi. Bu haqda “Nasafnews” nashri yozmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, yotoqxonaning 4-qavatida yashovchi 1987-yilda tug‘ilgan erkak M.N. yon qo‘shnilari bilan janjallashib qolgan. Qo‘shnilar unga o‘tkir tig‘li buyumlar bilan jarohat yetkazgani aytilmoqda.
Fuqaro esa o‘zini himoya qilish maqsadida uyiga kirib, ustidan qulflab derazadan daraxtga sakramoqchi bo‘lgan. Ammo daraxtgacha yeta olmay, qulab tushib, voqea joyida halok bo‘lgan.
Hozirda marhum yashagan xonadon huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan muhrlangan.








