Toshkentda ertadan yangi avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi
Avtobuslar soat 6:00 dan 21:30 gacha harakatlanadi.

Ertaga, 5-sentabrdan boshlab Toshkent shahrida 4 ta yangi avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati ma’lum qildi.
39-sonli avtobus yo‘nalishi “3-metro bekati”dan Beshariq, Izzat, Mo‘ynoq, Farg‘ona yo‘li ko‘chalari orqali “Qo‘yliq bozori” bekatiga qadar, qaytish yo‘nalishida “Qo‘yliq bozori” bekatidan Farg‘ona yo‘li, Mo‘ynoq, Izzat, Beshariq ko‘chalari orqali “3-metro bekati”ga qadar soat 6:00 dan 21:30 gacha harakatlanishi belgilangan. Yo‘nalishdagi jadvallar soni ISUZU rusumli avtobuslar asosida ish kunlariga 4 ta, shanba kunlariga 3 ta va yakshanba kunlariga 2 ta etib belgilangan.
112-sonli avtobus yo‘nalishi “Qipchoq transport o‘tish bog‘lamasi” bekatidan Davlatbod, Lutfikor, Yangi Sergeli yo‘li, Qipchoq, Xonobod, Ilg‘or 5-tor, Yangi hayot, Xonariq, X.Jo‘rayev, THAY ko‘chalari orqali “Qo‘yliq dehqon bozori” bekatiga qadar, qaytish yo‘nalishida “Qo‘yliq dehqon bozori” bekatidan THAY, X.Jo‘rayev, Xonariq, Yangi hayot, Ilg‘or 5-tor, Xonobod, Qipchoq, Yangi Sergeli yo‘li, Lutfikor, Davlatobod, Qipchoq ko‘chalari orqali “Qipchoq transport o‘tish bog‘lamasi” bekatiga qadar soat 6:00 dan 21:30 gacha harakatlanishi belgilangan. Yo‘nalishdagi jadvallar soni ISUZU rusumli avtobuslar asosida ish va shanba kunlariga 4 ta, yakshanba kunlariga 3 ta etib belgilangan.
133-sonli avtobus yo‘nalishi “Gulzor mahallasi”dan 4R21 Toshkent aylanma yo‘li, Qirariq, Chortoq, Qanora, Davlatobod, Mag‘rib, Birodarlik, Qo‘rg‘ontepa, Qipchoq ko‘chalari orqali “Qipchoq transport o‘tish bog‘lamasi” bekatiga qadar, qaytish yo‘nalishida “Qipchoq transport o‘tish bog‘lamasi” bekatidan Qipchoq, Qo‘rg‘ontepa, Birodarlik, Davlatobod, Mag‘rib, Qanora, Chortoq, Qirariq, 4R21 Toshkent aylanma yo‘li ko‘chalari orqali “Gulzor mahallasi”ga qadar soat 6:00 dan 21:30 gacha harakatlanishi belgilangan. Yo‘nalishdagi jadvallar soni ISUZU rusumli avtobuslar asosida ish kunlariga 5 ta, shanba kunlariga 4 ta va yakshanba kunlariga 3 ta etib belgilangan.
137-sonli avtobus yo‘nalishi “Mahalliy havo yo‘llari Ayeroporti-3” bekatidan THAY, Qo‘shqo‘rg‘on, Qo‘shqo‘rg‘on 2-tor, Yangi Qo‘yliq, Fayzobod 1-tor, Beshkent, Eski Otchopar, Farg‘ona yo‘li ko‘chalari orqali “Elektroapparat ICHB” bekatiga qadar, qaytish yo‘nalishida “Elektroapparat ICHB” bekatidan Farg‘ona yo‘li, Eski Otchopar, Beshkent, Fayzobod 1-tor, Yangi Qo‘yliq, Qo‘shqo‘rg‘on 2-tor, Qo‘shqo‘rg‘on, THAY, Qumariq ko‘chalari orqali “Mahalliy havo yo‘llari Ayeroporti-3” bekatiga qadar soat 6:00 dan 21:30 gacha harakatlanishi belgilangan. Yo‘nalishdagi jadvallar soni ISUZU rusumli avtobuslar asosida ish kunlariga 4 ta, shanba kunlariga 3 ta va yakshanba kunlariga 2 ta etib belgilangan.








