O'zbekiston

Bundan buyon so‘rov qattiq bo‘ladi—Prezident

Shavkat Mirziyoyev agrar sohada eskicha ishlayotgan rahbarlar faoliyatini tanqid qildi.

Bundan buyon so‘rov qattiq bo‘ladi—Prezident

 

Bugun, 5 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash va zaxirasini yaratish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

 

Yig‘ilishda davlat rahbari agrar sohadagi islohotlarni jadal amalga oshirish birinchi navbatda ushbu soha rahbarlarining fidoyiligiga bog‘liqlinini aytib o‘tdi.

 

“Bandlikni ko‘paytirish, kambag‘allikni qisqartirish ham birinchi galda qishloq xo‘jaligidagi o‘sishga bog‘liqligini ular tushunishi kerak", dedi Prezident.

 

Shuningdek, Bosh vazir o‘rinbosari Sh.Gʻaniyev, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A.Xaitov hali eskicha ishlayotgani, balandparvoz raqamlarga berilib ketgani tanqid qilindi. 

 

Soha rahbarlarining vazifasi Prezidentga katta-katta raqamlar bilan hisobot berish emas, qishloqdagi dehqon, fermer masalasini hal qilish, og‘irini yengil qilish ekani ko‘rsatib o‘tildi.

 

Muhim ishlar chetda qolib, qo‘shib yozishlar, noma’qul ishlar ko‘payib borayotgani qat’iy tanqid ostiga olindi.

 

Yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Sh.Teshayev lavozimidan ozod etilgani, vazir o‘rinbosari Sh.Mirzayevga hayfsan berilgani aytildi.

 

“Bundan buyon Gʻaniyevdan ham, Xaitovdan ham, yangi vazir Voitovdan ham juda qattiq so‘rov bo‘ladi”, — dedi Prezident so‘zining yakunida.

 

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning hisoboti eshitildi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bundan buyon so‘rov qattiq bo‘ladi—Prezident | Zamon.uz