Jahon

Liz Trass Britaniya bosh vaziri bo‘ldi

Trass partiya aʼzolarining 81,3 ming ovozini oldi.

Liz Trass Britaniya bosh vaziri bo‘ldi

 

Liz Trass Britaniya konservatorlari rahbari etib saylandi va u bosh vazir lavozimini egallaydi. Bu haqda hukmron Konservativ partiya boshqaruv qo‘mitasi rahbari Grem Breydi maʼlum qildi.

 

Trass partiya aʼzolarining 81,3 ming ovozini oldi. Uning raqibi, sobiq moliya vaziri Rishi Sunak 60,4 ming ovoz olgan. G‘olib elektr energiyasi narxi oshishiga qarshi kurashishga va soliqlarni kamaytirishga vaʼda berdi.

 

Amaldagi bosh vazir Boris Jonson o‘z vakolatlarini 6 sentyabrdan ertaroq partiyaning yangi rahbariga o‘tkazadi.

 

2019 yilda Tereza Meyning o‘rniga bosh vazir lavozimini egallagan Jonson 7 iyul kuni bosh vazirlik va Buyuk Britaniya Konservativ partiyasi rahbari lavozimini tark etishini eʼlon qildi. Umuman olganda, 11 nafar parlamentariy dastlab Konservatorlar yetakchisi va Britaniya bosh vaziri lavozimiga nomzodini qo‘yish istagini bildirgan edi, bosh vazirlik uchun poyga chog‘ida ulardan to‘qqiz nafari saylovdan voz kechdi.

 

Ovoz berish pochta orqali bo‘lib o‘tdi va uning boshlanishi kechiktirilganiga qaramay, 2 sentyabr kuni yakunlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Liz Trass Britaniya bosh vaziri bo‘ldi | Zamon.uz