Yaponiyada "Xinnamnor" to‘foni oqibatida to‘rt kishi jarohatlandi
Shamol tezligi 60 m/s gachШамол тезлиги 60 м/с гача бормоқда.a bormoqda.

Yaponiyaning Okinava prefekturasida "Xinnamnor" to‘foni oqibatida 4 kishi jabrlandi. Bu haqda NHK telekanali xabar berdi.
Tabiiy ofat mamlakatning janubiy va janubi-g‘arbiy mintaqalariga yopirilgan. Mahalliy aviakompaniyalar 50 dan ortiq ichki reyslarni bekor qilgan. bundan tashqari, JR temiryo‘l kompaniyasi Xirosima va Fukuoka orasidagi poyezdlar qatnovini to‘xtatgan.
Hozirda to‘fon Kyusyu oroli atrofida bo‘lmoqda va Yapon dengizi bo‘ylab shimoli-sharqqa qarab harakatlanyapti. Shamol tezligi 40-60 m/s atrofida.
Avvalroq to‘fon Yaponiyaga yaqinlashib kelayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.







