Jahon

Yerga asteroid yaqinlashmoqda

U tovush tezligidan 27 marta tez harakatlanadi.

Yerga asteroid yaqinlashmoqda

 

NASA 6-sentabr kuni Yer yonidan tovushdan tez harakatlanadigan asteroid uchib o‘tishini ma’lum qildi. Astronomlarning ta’kidlashicha, u o‘qdan o‘n barobar tezroq.


 
Olimlar samoviy jismga “2022 QC7” deb nom berishdi. Uning kengligi 36 metr, bu Boeing-767 qanotlarining yarmiga teng.

 

“2022 QC7” asteroidi sayyoramizga soatiga 32 760 km tezlikda, ya’ni tovush tezligidan taxminan 27 marta tez yaqinlashmoqda.

 

Koinot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, kosmik jismning Yer bilan to‘qnashuvi yuz bermaydi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"