YPX xodimlariga dislokatsiyadan tashqarida faoliyat yuritish taqiqlanadi
Ushbu holatda rasmiylashtirilgan bayonnomalar yuridik kuchga ega bo‘lmaydi.

YPX xodimiga o‘ziga biriktirilgan hudud dislokatsiyasidan tashqarida qoidabuzarliklar bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnomalar rasmiylashtirishi mumkin emas.
Ya’ni, dislokatsiyadan tashqarida rasmiylashtirilgan bayonnomalar yuridik kuchga ega bo‘lmaydi va huquqiy oqibatlar keltirib chiqarmaydi.
YPX inspektori faqat yo‘l-transport hodisalari, yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi, avariya holatini yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan qoidabuzarliklar aniqlanganda dislokasiyasidan tashqarida ham ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnomalar rasmiylashtirish huquqiga ega.







