Borrel: Qurol zaxiralarimiz kamayib ketdi
Diplomat Yevroittifoq davlatlarini bu muammoni birgalikda hal qilishga chaqirdi.

Ukrainaga qurol yetkazib bergandan so‘ng, YеIning o‘z zaxiralari kamayib ketdi. Bu haqda Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel maʼlum qildi.
Rossiya-Ukraina mojarosi boshlanganidan buyon Bryussel Kiyevga 2.5 milliard yevrolik harbiy yordam ko‘rsatgan. Borrel Yevroittifoq davlatlarini qurol zaxiralarini ko‘paytirishga chaqirgan. U buni birgalikda amalga oshirishni taklif qilgan, chunki “bu holatda YеI arzonroqqa tushadi”.
Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, yevropaliklar Ukraina harbiylarini tayyorlashni bir yil avval boshlashi kerak edi.
Avvalroq Germaniya kansleri Ukrainaga o‘ta zamonaviy qurollar berilishini aytgandi.







