Britaniya yangi Bosh vaziri 1-ish kunidayoq norozilikka uchradi
Londonda unga qarshi aksiyalar o‘tkazilmoqda.

Britaniyaliklar Bosh vazir qarorgohi oldiga to‘planib, yangi hukumat rahbari Liz Trassga elektr energiyasi narxi oshishi sababli qarshi chiqishdi. Bu haqda “Sky News” nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, qarorgohda yuzlab odamlar to‘plangan, ular asosiy ko‘chada transport harakatini to‘sib qo‘ygan. Yig‘ilganlar “Yo‘l bo‘lsin!”, “Hisob-kitoblar o‘sib bormoqda, biz to‘lamaymiz!” degan shiorlar bilan hayqirmoqda.
Bir kun avval Britaniya tashqi ishlar vaziri Trass hukmron Konservativ partiya yetakchisi etib saylangan edi. Bugun u mamlakat bosh vaziri etib tayinlandi va mamlakat tarixidagi bu lavozimdagi uchinchi ayolga aylandi.








