O'zbekiston

Jismoniy shaxslarni telefon raqami orqali aniqlash tartibi tasdiqlandi

Joriy yilning 31-dekabriga qadar Davlat xizmatlari markazlari yoki notarial idoralar tomonidan Mobile-ID tizimidan foydalangan holda fuqarolarni identifikatsiya qilish bepul amalga oshiriladi.

Jismoniy shaxslarni telefon raqami orqali aniqlash tartibi tasdiqlandi

 

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda jismoniy shaxslarni Mobile-ID identifikatsiya qilish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan Mobile-ID tizimida identifikatsiya qilish, foydalanish va identifikatsiyani tugatish tartibini nazarda tutuvchi Nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, Mobile-ID tizimidan foydalangan holda identifikatsiya qilish fuqarolarning murojaatiga ko‘ra davlat xizmatlari markazlari yoki notarial idoralar tomonidan (fuqaroning yuzini raqamli formatda suratga olish va elektron shaklda barmoq izlarini olish yo‘li bilan) amalga oshiriladi.

 

Identifikatsiya YAIDXP mobil ilovasi (masofadan biometrik identifikatsiya (Face-ID) yoki ID-kartadagi elektron raqamli imzo orqali) orqali ham amalga oshiriladi.

 

Joriy yilning 31-dekabriga qadar Davlat xizmatlari markazlari yoki notarial idoralar tomonidan Mobile-ID tizimidan foydalangan holda fuqarolarni identifikatsiya qilish bepul amalga oshiriladi. 2023-yil 1-yanvardan boshlab ushbu xizmat uchun BHMning 2 foizi (6 000 so‘m) miqdorida bir martalik to‘lov undiriladi. YAIDXP mobil ilovasi (Google Play AppStore‘da mavjud MyGov ilovasi) orqali identifikatsiya qilish bepul bo‘ladi.

 

Mobile-ID tizimida ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar elektron raqamli imzodan foydalanmasdan barcha davlat xizmatlaridan (moliyaviy xizmatlardan tashqari) foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziriga biriktirilgan idoralar: ro‘yxat tasdiqlandi

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziriga biriktirilgan idoralar: ro‘yxat tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi tarkibida 12 ta shtat birligidan iborat Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati ham tashkil etildi.

Odilxon Ismoilov ishi: u uch yillik sinov muddati bilan ozod qilindi

Odilxon Ismoilov ishi: u uch yillik sinov muddati bilan ozod qilindi

“Rayhon oilaviy milliy taomlari” ta’sischisi Odilxon Ismoilov ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan edi.

O‘zbekistonda o‘z mobil palliativ xizmatiga ega ilk bolalar xospisi tashkil etilmoqda

O‘zbekistonda o‘z mobil palliativ xizmatiga ega ilk bolalar xospisi tashkil etilmoqda

Loyiha doirasida bolalarga uyda tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatiladi.

Botir Qudratxo‘jayev O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi

Botir Qudratxo‘jayev O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi

Shuhrat Xolmuhammedov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan mudofaa vaziri lavozimidan ozod etildi.

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari telefon orqali muloqot qildi

Suhbatda savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, transport-logistika aloqalarini mustahkamlash va oliy darajadagi bo‘lajak tadbirlarga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Termizdagi fojia: Cobalt’ni boshqargan 10-sinf o‘quvchisi sinfdoshining o‘limiga sabab bo‘ldi

Termizdagi fojia: Cobalt’ni boshqargan 10-sinf o‘quvchisi sinfdoshining o‘limiga sabab bo‘ldi

16 yoshli o‘quvchi onasiga tegishli Cobalt’ni haydovchilik huquqisiz boshqarib, yoritish ustuniga urilgan.

Ichki aviaqatnovlar uchun yangi tariflar: chiptalar 20 foizgacha arzon bo‘ladi

Ichki aviaqatnovlar uchun yangi tariflar: chiptalar 20 foizgacha arzon bo‘ladi

O‘zbekistonda ichki aviaqatnovlar tariflari qayta ko‘rib chiqildi.

Toshkentda qarzdorlik sabab MALIBU-2 xatlandi

Toshkentda qarzdorlik sabab MALIBU-2 xatlandi

Ayni paytda transport vositasi onlayn-auksion savdolariga chiqarilmoqda.