Boltiq davlatlari rossiyaliklarning o‘z hududiga kirishini taqiqladi
Latviya TIV buni xavfsizlik masalasi bilan izohlagan.

Latviya, Litva va Estoniya Rossiya fuqarolarining o‘z hududiga kirib kelishini butunlay taqiqladi. Bu haqda Latviya TIV maʼlum qildi.
Endilikda Shengen vizasiga ega rossiyaliklar Boltiq davlatlariga quruqlik orqali kira olmaydi. Yuk avtomobili haydovchilari, diplomatlar va oilaviy hamda gumanitar sabablar tufayli kelayotganlar bundan mustasno.
Latviya tashqi ishlar vaziri Edgars Rinkevichsning so‘zlariga ko‘ra, bu bo‘yicha tez orada rasmiy bayonotlar beriladi.
“So‘nggi oylarda Rossiya fuqarolarining chegaradan o‘tishi holatlari ko‘paydi. Bu jamoat xavfsizligi, axloqiy va siyosiy masalaga aylandi”, – degan diplomat.
Finlyandiya Yevrokomissiya darajasida qaror qabul qilinmaguncha butunlay cheklov tartibini joriy etmasligini maʼlum qilgan.







